Kuchli qor yog‘ishi sababli faoliyatini to‘xtatgan Istanbul aeroporti parvozlarini yana boshladi, deyiladi aeroport ma’muriyatining Twitterda tarqatgan bayonotida.
"Yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan parvozlar Karakasdan boshlanib (Venesuela), Xyustonga (SSHA) davom ettirildi. Bizni to‘g‘ri tushungani va sabrli bo‘lgani uchun yo‘lovchilarga minnatdorchilik bildiramiz", – deyiladi bayonotda.
Bundan avvalroq Turkiya havo yo‘llari aviakompaniyasi parvozlar yarim tungacha to‘xtatiladi, deb ma’lum qilgandi. Natijada aviakompaniya besh mingdan ziyod yo‘lovchilarini mehmonxonalarga joylashtirdi.
Umuman, kecha Istanbul aeroportida jami 700 ta reys bekor qilingan. Aeroportda qolib ketgan yo‘lovchilarga 26 yanvargacha arzon oziq-ovqat va bepul Wi-Fi taqdim etilgan.
Meteorologlarning ma’lum qilishicha, Istanbulda noqulay ob-havo yana bir necha kun davom etadi va juma kunga kelib ahvol biroz yaxshilanadi.
Respublika ahamiyatidagi qator avtomobil yo‘llarida nafaqat qalin qor tufayli, balki yo‘l-transport hodisalari ko‘p kuzatilayotgani sababli ham tiqinlar paydo bo‘lgan.