Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Issiqxonalar oʻrnatish uchun subsidiyalar ajratiladi
17:03 / 2020-05-19

“Tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.


“Tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 20-maydan boshlab Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda subsidiyalar ajratiladi:

aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:

yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha;

sugʻorish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha;

urugʻlik va koʻchatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha;

qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun - BHMning 10 baravarigacha (bunda, qishloq xoʻjaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilgʻor sohalarda tashkil etiladi).