Issiqxonalar faoliyati ekologik nazoratdan o‘tkazildi (+video)
Toshkent viloyati Zangiota tumanining "Harakat" va "Mevazor" mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida ekologik reyd nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Reyd davomida hududda faoliyat yuritayotgan issiqxonalar, ularning isitish pechlari hamda havoni tozalash filtrlari holati atroflicha o‘rganildi.
Mutasaddilar tomonidan issiqxonalar faoliyatining ekologik talablarga muvofiqligi, atmosfera havosiga chiqarilayotgan chiqindilar holati va mavjud texnik vositalarning samaradorligi tahlil qilindi.
Nazorat tadbirlari jarayonida ayrim issiqxonalarda tozalash filtrlarining holati tekshirilib, ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, isitish pechlaridan foydalanishda belgilangan me’yor va talablarga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.
Mazkur ekologik reyd tadbirlari davom etadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/HvHfy7Av4ro" title="Issiqxonalar faoliyati ekologik nazoratdan oʼtkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Hamroz Bayanov, O‘zA