English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Issiqxonadan yil davomida hosil olinmoqda
09:40 / 2026-02-28

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar izchil amalga oshirilmoqda. Bu kabi tashabbuslar hudud iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, aholi bandligini ta’minlash va ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Ana shunday loyihalardan biri — “Registon Oltinsoy Mega” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 9 gektar yer maydonida barpo etilgan zamonaviy issiqxona majmuasidir. Majmuaning 4 gektarida bodring, 5 gektarida pomidor yetishtirilmoqda. Ilg‘or agrotexnologiyalar asosida yo‘lga qo‘yilgan parvarish jarayoni mahsulotni yil davomida olish imkonini bermoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, issiqxonada suv va energiya tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanilmoqda. Bu esa mahsulot tannarxini pasaytirish, sifatni oshirish va bozor talabini barqaror ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

[gallery-27908]

Korxonada 50 nafar fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘lgan. Yangi ish o‘rinlarining yaratilishi aholi daromadlarini oshirish, ayniqsa, ishga muhtoj qatlam vakillarini qo‘llab-quvvatlashda ahamiyat kasb etmoqda.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA