Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Issiqxonadan xorijga
18:21 / 2022-02-16

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Buloqboshi tumani Yuksalish mahallasida «Nektar agro» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilgan issiqxonada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ayni qish kunlari bo‘lishiga qaramay, ushbu issiqxonada yetishtirilayotgan sifatli pomidor, bulg‘or qalampiri va bodring mahsulotlari nafaqat xalqimiz dasturxoni to‘kinligini ta’minlamoqda, balki eksport ham qilinmoqda. bugungi kunda umumiy qiymati 2,5 million AQSH dollari miqdoridagi loyiha doirasida barpo etilgan mazkur issiqxonaning 1,8 gektar maydonida pomidor, 1 gektar maydonida esa bulg‘or qalampiri va bodring yetishtirilmoqda. Yetishtirilayotgan mahsulotlar peshma-pesh bozor va savdo do‘konlariga yetkazib berilmoqda.  

[gallery-5789]

– Issiqxonada ko‘chatlarni parvarishlash, umuman hosil yetishtirish bilan bog‘liq barcha jarayonlar avtomatlashtirilgan, – deydi “Nektar agro” MCHJ rahbari Abdulhakim To‘lanov. – Ya’ni ko‘chatlar gidroponika usulida sug‘orilib, zarur mineral ozuqalar ham suv bilan birga yuboriladi. Mazkur jarayonlar kompyuter orqali bajariladi. Issiqxonada asosiy agrotexnik tadbirlar ilg‘or texnologiyalar asosida bajarilishi eng avvalo, mehnat sarfini kamaytiradi, hosildorlikning yuqori, mevalarning esa sifatli va bir xil hajmda bo‘lishini ta’minlaydi.  

Mavsum davomida bu yerda yetishtirilgan 200 tonnadan ziyod, qariyb 1 milliard so‘mlik mahsulot Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya davlatlariga eksport qilindi. Ayni kunda mazkur issiqxonada 20 nafardan ziyod kishi mehnat qilmoqda.  


F. UBAYDULLAEV,  
Z. UMRZOQOV (surat),O‘zA