French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Issiqxonada kartoshka qazilib, gulkaram uzilmoqda
10:57 / 2020-04-19

Tomorqa xazina undan samarali foydalanish esa har birimizning burchimizdir.


Tomorqa xazina undan samarali foydalanish esa har birimizning burchimizdir. Roʻzgʻorni obod qilish borasidagi ana shu sharoitdan samarali foydalanmaslik esa yurtboshimiz taʼbiri bilan aytganda, hozirgi sinovli kunlarda tomorqaga ekin ekmaslik, qarovsiz tashlab qoʻyish yurtga va yerga nisbatan xiyonat”.

Ana shu masʼuliyatni chuqur his qilgan aholi bahorning har bir kunini gʻanimat bilib, qishloq xoʻjaligi ishlarini sobit qadamlik bilan olib bormoqda. Shoʻrchi tumanidagi “Toʻla” mahallasida yashovchi Muroddin Qarshiyev ulardan biri.

Oilaning 6 sotix tomorqasiga yanvarda ekilgan pomidorning serhosil “Boʻron” navi ayni vaqtda hosilga kirdi.

— Issiqxonadan foydalanib kelayotganimizga besh yil boʻldi, — deydi M.Qarshiyev. – Oʻtgan yili 20 million soʻm daromad qildik. Bu yil esa 30 million soʻm daromad qilish niyatidamiz. Tomorqada qilayotgan mehnatimiz bilan oilamiz farovon boʻlmoqda. Toʻylar qilib, mashina sotib olyapmiz. Farzandlarim taʼlim olib, oliy maʼlumotli boʻlishmoqda.

“Goʻzallik” mahallasida yashovchi Gulchehra Bozorova ham yaxshi niyatda tomorqasining 4 sotixida uch yil avval issiqxona tashkil etdi. Ayni kunda pishgan pomidor va bodring peshma-pesh bozorlarga yetkazib berilmoqda.

-Issiqxonda mahsulot yetishtirishning ham oʻziga yarasha qiyinchiliklari bor, — deydi G. Bozorova. – Navnihol koʻchatlarni mehr bilan parvarish qilish, ularni avaylabgina ipga oʻrib chiqish, har kuni parvarish qilish katta mehnat va vaqt talab qiladi. Tomorqani yashnatib qoʻyish, dehqonchilik bilan shugʻullanish kishiga zavq bagʻishlaydi. Butun dunyoni xavfga solib turgan koronavirus dehqonchilik bilan shugʻullanishimizga, tomorqamizdan koʻzlagan daromadimizni olishimizga aslo toʻsqinlik qilolmaydi. Uyda qolib dehqonchilik bilan shugʻullanayapmiz.

“Har bir oila -tadbirkor” dasturi boʻyicha kredit olib, 20 sotixda issiqxona qurgan Botir Eshboyev mahalliy yigit-qizlarini ish bilan taʼminlamoqda. 8 turdagi qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirilib, xalqimiz dasturxoniga yetkazib berayotgan bu inson yerdan yiliga uch marta hosil olishni hadisini olgan. Botir Eshboyevning xonadonida boʻlganimizda, tomorqadagi manzarani koʻrib inson qoʻli gul degan iboraning naqadar haqiqat ekanligiga amin boʻldik. Bir tomonda karam pishib turgan boʻlsa, boshqa tarafda kartoshka qazib olinmoqda. Lavlagi, sarimsoqpiyoz va gulkaram esa buyurtmachilarning olib ketishiga tayyorlab qoʻyilgan.

— Koronavirus pandemiyasi dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanishimizga aslo toʻsqinlik qilolmaydi, — deydi B. Eshboyev. – Bizdek dehqonlar bor ekan yurtimizda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari doimo xalqimiz dasturxoniga koʻrk bagʻishlab turadi. Pishib yetilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari navbatma navbat bozor rastalaridan oʻrin olar ekan, ushbu mahsulotlarning narxi ham sunʼiy ravishda oshib ketmaydi. Siz ham uyda qoling, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullaning.

Aholining erta bahorda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash, xalqimiz dasturxonini toʻkin-sochin boʻlishida shoʻrchilik dehqonlarning ham xizmatlari beqiyos. Quyosh taftidan kuch olgan, zamin bilan tillashgan dehqonlar bugungi sinovli kunlarda tomorqasidan samarali foydalanib, xalqimiz dasturxonini toʻkin boʻlishi uchun noz-neʼmatlar yetishtirib berish yoʻlida belini mahkam bogʻlab xizmat qilmoqda.