Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Issiqxonada banan yetishtirib, mo‘may daromad topayotgan tadbirkor
10:29 / 2022-09-26

Mevalar ichida bananni xush ko‘rmaydigan inson bo‘lmasa kerak. Banan nafaqat mazali me’va, shu bilan birga, sog‘liq uchun koni foyda. Banan qondagi glyukoza miqdorini sog‘lom saqlashga, oshqozon kislotasini zararsizlantirishga yordam beradi, quvvatni oshiradi.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, bananda onkologik kasalliklarning, o‘simta nekrozi omilining oldini olishga yordam beruvchi muayyan oqsil mavjud.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sayyoramizda har yili 115 million tonnaga yaqin banan yetishtiriladi. Braziliya, Hindiston, Xitoy, Indoneziya, Filippin, Ekvador singari davlatlar ushbu meva eksporti orqali juda katta daromad oladi.

O‘zbekistonda ham mazkur mevani yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Toshkent viloyati Qibray tumanida oilaviy tadbirkorlar tomonidan yetishtirilmoqda.

O‘z bog‘ida 1000dan ortiq banan yetishtirayotgan oilaviy tadbirkor tajribasi bilan tanishamiz.

– O‘zbekiston sharoitida banan yetishtirish qulay hisoblanadi, – deydi Toshkent viloyati Qibray tumanidagi oilaviy tadbirkor Ulug‘bek Karimov. – Oilamiz bilan issiqxonada banan yetishtiramiz. Banan iqlimimizga moslashtirilgan. Shuni ham aytish o‘rinli, banan issiqsevar meva, sovuqqa chidamsiz. Shu bois, banan yetishtirishda harorat 10dan tushishi kerak emas. Shunda yaxshi hosil beradi. Banan ko‘chatlari shaxmat qilib ekiladi. Bu meva daraxti suvni juda yaxshi ko‘radi. Banan xazina. Eng qiziq tomoni shundaki, bu mevali daraxt hech qanday fasl tanlamaydi. Yetti yildan buyon banan yetishtirish bilan shug‘ullanamiz. 10 sotix yerda 1000dan ortiq banan daraxti bor. Bir yilda 4-5 marta hosil olamiz.

Mutaxassislarning aytishicha, banan daraxti bir yilda hosilga kiradi. Bir yilda banan daraxti yaxshi parvarish qilinsa, to‘rt marta hosil beradi. Bir tup daraxt 300 donagacha, ya’ni 60 kilogrammgacha meva tugadi. Ushbu mevali daraxtning balandligi 15 metrgacha yetadi. 


 

Shahnoza Mamaturopova,

O‘zA