Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Issiqxona xo‘jaliklari ommalashmoqda
16:30 / 2024-10-07

Qaror va ijro

Toshkent tumani meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan hudud bo‘lib, bu yo‘nalishda ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va ilg‘or dehqonlar tomonidan yangi innovatsion loyihalar joriy etilmoqda. Bunga tumanning meva-sabzavotchilikdagi o‘sish nuqtasi bo‘lgan zamonaviy issiqxonalar yaqqol misol bo‘la oladi.  

Xususan, shu kunlarda tumandagi “Innovatsion BOGʻI” MCHJda 1 gektar, “MUHAMMAD-ISHONCH-AGRO” MCHJda 1,50 gektar va “TAMARAXON-ZIYO-NUR” fermer xo‘jaligida esa 0,50 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydonlarida yengil tipdagi issiqxonalar qurish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Issiqxona xo‘jaliklari rahbarlari loyihani kuz mavsumida ishga tushirib, mavsumning o‘zida 2025 yil hosili uchun eksportbop ekinlardan pomidor, bodring va gul yetishtirishni oldilariga maqsad qilgan.  

Mutaxassislarning fikricha, oddiy usulda yetishtirilayotgan pomidor ko‘chatlaridan 3 kilogramm hosil olinsa, gidroponika usulida hosildorlik 12 kilogrammni tashkil etadi. Ekinlarning pishib yetilishi 25-30 kunga qisqaradi. Gidroponika tipidagi issiqxonalarning yana bir afzalligi, maxsus unumdor yerga zarurat yo‘q. Imkoniyatga qarab to‘liq avtomatlashtirilgan nazorat tizimi bo‘lib, joydan maksimal darajada foydalanish imkoniyati mavjud. Mahsulot yetishtirish uchun sarflangan energiya resurslari ancha arzon va tejamkor usulda ekinlarni sug‘orish va oziqlantirish tizimi mavjud.  

Prezidentimizning 2019 yil 20 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan yengil tipdagi issiqxonalar qurish Qishloq xo‘jaligi vazirligi xulosasi bilan amalga oshiriladi. Bu bo‘yicha talabgorlarga Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 7 yil muddatga shundan 3 yil imtiyozli davr bilan, yillik 17,5 foiz miqdorda jismoniy shaxslarga 33 milliongacha, yuridik shaxslarga 5 milliard so‘mgacha boshlang‘ich to‘lovsiz kreditlar ajratiladi.  

O‘z navbatida tuman hokimligi va soha mas’ullari hududlarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratmoqda.  

A.Musayev,O‘zA.