Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Issiqxona xo‘jaliklari faoliyatiga oid nizom tasdiqlandi
15:19 / 2024-07-10

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Issiqxona xo‘jaliklariga issiqxonalarni ko‘mir yoqilg‘isida isitish uchun ko‘mir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, issiqxona xo‘jaliklariga issiqxonalarni ko‘mir yoqilg‘isida isitish uchun ko‘mir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda:

issiqxonalarni ko‘mir yoqilg‘isida isitish uchun ko‘mir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish bo‘yicha talab etiladigan hujjatlar, ularni ko‘rib chiqish hamda subsidiya ajratish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish tartibi;

issihxonalarni ko‘mir yoqilg‘isida isitish uchun ko‘mir qozonidan foydalanish yuzasidan monitoring yuritish tartibi belgilab berilgan.

Qaror ko‘ra, bir oy muddatda 2024 yilda ko‘mir yoqilg‘isida isitish uchun ko‘mir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladigan issidxonalar manzilli ro‘yxati tasdiqlanadi.

 O‘zA