Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi
10:13 / 2023-10-30

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Issiqxona xo‘jaliklari va meva-sabzavotlarni eksport qiluvchi korxonalarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish belgilangan issiqxona xo‘jaliklariga 2023/2024 yillar kuz-qish mavsumida tabiiy gaz quyidagi talablarga qat’iy rioya etgan holda yetkazib beriladi: 

  • issiqxona xo‘jaligining tabiiy gaz hisoblagichlari Tabiiy gaz nazorati va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan hamda tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ma’lumotlari GNHOATga onlayn ravishda uzatiladigan bo‘lishi; 
  • issiqxona xo‘jaligining tabiiy gazdan yuzaga kelgan debitor qarzdorligini so‘ndirishi hamda tabiiy gaz uchun belgilangan to‘lovni oldindan to‘lashi;
  • aholining gaz ta’minoti tizimida favqulodda holatlar yuzaga kelganda, issiqxona xo‘jaligida yetarli miqdorda muqobil yoqilgi zaxirasining mavjudligi.

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan GNHOATga ulanmagan issiqxona xo‘jaliklarini “Insofsiz iste’molchilar ro‘yxati”ga kiritadi va ularga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarning bekor qiladi.

2023/2024 yillar kuz-qish mavsumidan boshlab har yili “Hududgazta’minot” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda issiqxona xo‘jaliklari o‘rtasida uch tomonlama kelishuvlar tuzish amaliyoti joriy etiladi. 

Bunda

  • “Hududgazta’minot” AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklari bilan birgalikda issiqxona xo‘jaliklariga yoqilgi mahsulotlarini (ko‘mir va tabiiy gaz) uzluksiz yetkazib berish kafolati; 
  • issiqxona xo‘jaligining tabiiy gaz hisoblagichlari GNHOATga ulangan va gaz iste’moli bo‘yicha ma’lumotlari GNHOATga onlayn ravishda uzatilgan taqdirda, tashkiliy-huquqiy shaklidan qati nazar yuridik shaxslar uchun Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 sentyabrdagi 475-son qarorida belgilangan tariflarda tabiiy gazni yetkazib berishning yo‘lga qo‘yilishi;
  • issiqxona xo‘jaliklarining tabiiy gaz hisoblagichlari GNHOATga ulanganligini monitoring qilish natijalariga ko‘ra GNHOATga ulanmagan issiqxona xo‘jaligini “Insofsiz iste’molchilar ro‘yxatiga” kiritgan holda, unga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomaning bekor qilinishi; 
  • issiqxona xo‘jaligining tabiiy gazdan yuzaga kelgan debitor qarzdorligini so‘ndirilishi va tabiiy gaz uchun belgilangan to‘lovni oldindan to‘lanishi; aholining gaz ta’minoti tizimida favqulodda holatlar yuzaga kelganda, issiqxona xo‘jaligida yetarli miqdorda muqobil yoqilg‘i zaxirasining mavjudligi; 
  • har bir issiqxona xo‘jaligining 2023/2024 yillar kuz-qish mavsumidagi ehtiyojidan kelib chiqqan holda, unga yetkazib beriladigan tabiiy gaz hajmlari aniq ko‘rsatilishi; 
  • issiqxona xo‘jaligining yetkazib berilgan yoqilg‘i uchun to‘liq hisob- kitob qilishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda ichki va tashqi bozorga chiqarish bo‘yicha majburiyati; 
  • yangi tashkil etiladigan issiqxona xo‘jaliklariga tabiiy gaz yoki issiqlik energiya markazlariga ulanish va texnik shartlar berish taqiqlanishi nazarda tutiladi.

Ikki hafta muddatda 2023/2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun issiqxona xo‘jaliklari bilan uch tomonlama kelishuvlar tuzish ishlari amalga oshiriladi.

2023 yil 1 noyabrdan boshlab issiqxona xo‘jaliklariga ko‘mir qozonini xarid qilish xarajatlarining 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Qishlok xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishlok xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligining Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘i hisobidan qoplab beriladi.

O‘zA