FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi “Pakana” mahalla fuqarolar yig‘inidagi qarovsiz yerda tashkil etilgan 2 gektarli issiqxonada Koreya Respublikasi tajribasi asosida pomidor yetishtirilmoqda.
Energiya tejamkor, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan gidroponika usulidagi issiqxonada yiliga ikki-uch martagacha hosil olinib, salmoqli qismi eksport qilinadi.
[gallery-22890]
– “Hamza eksport art tekstil” MCHJ qoshidagi ushbu issiqxonada 14 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan, - deydi ish boshqaruvchi Bahromjon Akramov. –Shuningdek, kuniga 10 nafar mahalliy yosh mavsumiy ishlarga jalb etiladi. Ayni kunlarda xorijdan keltirilgan sifatli nav hosili bo‘lgan pomidor pishib yetildi. Bahorgi mavsumda 70 tonnadan ziyod hosil olish va uni qo‘shni respublikalar hamda Rossiyaga eksport qilishni reja qilganmiz.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA