Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Issiqxona kredit qarzi uchun sotildi
14:50 / 2023-03-14

Tijorat banklari tomonidan issiqxonalar tashkil etish maqsadida kreditlar ajratilib, aholini kerakli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Biroq, ayrim issiqxona xo‘jaliklarida kredit, soliq, tabiiy gaz va elektr energiyasi to‘lovlari bo‘yicha qarzdorliklar yuzaga kelmoqda.  

Misol uchun Qorako‘l tumanlararo iqtisodiy sudining 2022 yil 12 iyuldagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Azizbek Boltayev saxovati” oilaviy korxonasidan undiruvchi ATB “Agrobank” foydasiga 217 million so‘m kredit asosiy qarzi va oldindan to‘langan pochta xarajati undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Olot tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.  

Ijro harakatlari davomida qarzdorga ijro hujjati mazmuni to‘liq tushuntirilib, bartaraf etish uchun ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsada, ijro hujjati talablari bajarilmagan.  

Davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida undiruv “Azizbek Boltayev saxovati” oilaviy korxonasiga tegishli bo‘lgan issiqxonaga qaratilib, issiqxona binosi xatlangan va sotuvga chiqarish uchun tegishli tartibda baholangan.  

“E-auksion” elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshirilgan savdolarda issiqxona 414 million 474 ming so‘mga sotilgan.  

Issiqxona sotuvidan tushgan mablag‘lar hisobidan kredit va soliq qarzdorliklari to‘liq qoplanib, qolgan qismi qarzdorga qaytarildi.  

 

Zarif Komilov,  

O‘zA