Issiqxona – baraka manbai
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida 3 gektar maydonni egallagan issiqxonada yetishtirilayotgan bodring va pomidor mahsulotlari nafaqat ichki, balki tashqi bozorga ham chiqarilmoqda.
“Muhammadali bilding” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2 million dollar qiymatidagi investitsiya evaziga barpo etilgan issiqxonada shu yilning o‘zida 60 tonnadan ortiq mahsulot yetishtirildi. Bu yerda 30 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan.
[gallery-9952]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA