English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Issiqlikta’minoti” AJ: 6 mln. m³ gaz tejaldi, 11 622 tonna chiqindi kamaytirildi
15:49 / 2025-12-04

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan ishlar nafaqat iqtisodiy tejamkorlik, balki ekologik barqarorlik nuqtai nazaridan ham muhim natijalar bermoqda.

"Issiqlikta’minoti” AJ tomonidan 2025 yil uchun tasdiqlangan investitsiya dasturlari doirasida amalga oshirilgan rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari shunga yaqqol misol bo‘la oladi. Modernizatsiyaning asosiy natijalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, joriy yilda 114,5 MVt quvvatli yangi va ta’mirlangan qozonlar ishga tushdi. 57,5 MVt — eskirgan qozonxonalarni modernizatsiya qilish hisobiga, 57 MVt —kapital ta’mirlangan qozonlar hisobiga yangi 114,5 MVt energiya samarador quvvatlarni shakllantirdi. Buning natijasida tabiiy gaz iste’moli 6 mln. 117 m³ ga kamaytirildi.  

Bu haqida “Issiqlikta’minoti” AJ ma’lum qildi.  

Qayd etilishicha, zamonaviy qozonlar energiyani kam sarflaydi, shu bois isitish moslamalarida yo‘qotishlar sezilarli darajada qisqardi. E’tiborli jihati shundaki, atmosferaga 11 622 tonna SO₂ chiqindi chiqishi kamaydi. Bu ko‘rsatkichning qiymati katta. Misol uchun, bir yilda 11,5 ming tonna SO₂ chiqindisi  kamayishi, taxminan, 3 000 dan ortiq yengil avtomobilning bir yillik emissiyasiga teng. Qolaversa, bu 50 mingga yaqin daraxtning bir yilda SO₂ miqdoriga yaqin chiqindini o‘ziga singdiradi degani. Yangilangan quvvat

lar hisobiga, 1004 ta ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi 40 ming 160 ta xonadon barqaror issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadi. Bu, ayniqsa, aholining issiqlik ta’minotiga bo‘lgan talabi yuqori bo‘ladigan qish mavsumida cheklovlar va uzilishlar ehtimolini kamaytiradi.  

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ilgari eski qozonxonalarning aksariyatida yoqilg‘i to‘liq yonmasdan, atmosferaga zararli moddalar chiqishi oshib ketar edi. Yangi qozonlarda esa yoqilg‘ini to‘liq yondirish koeffitsiyenti yuqori, issiqlikni qayta ishlatish texnologiyalari mavjud, filtrlash tizimi takomillashtirilgan. Dunyo bo‘yicha uy-joylarni isitish SO₂ emissiyasining katta manbai hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlarda issiqlik ta’minotida energiya tejamkor texnologiyalarga o‘tish orqali 10-30 foizgacha emissiyani kamaytirish mumkinligi qayd etilgan. O‘zbekistonning modernizatsiya jarayoni ham mana shu global yo‘nalishga mos ravishda ketmoqda. Gaz tejalishi — bu nafaqat iqtisodiy foyda, balki mamlakatning energetik xavfsizligiga ham xizmat qiladi.  

Energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan qozonlar, ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytiradi. Ta’mirlash intervalini uzaytiradi. Issiqlikni iste’molchilarga yetkazish jarayonida yo‘qotishlarini kamaytiradi. Bunday ob’ektlar, odatda, 3–6 yilda sarflangan investitsiyani to‘liq qoplaydi. Bir so‘z bilan aytganda,  114,5 MVt quvvatli yangi va modernizatsiya qilingan qozonxonalarning ishga tushirilishi, aholi uchun barqaror issiqlik ta’minotini ta’minlaydi. Atmosferaga chiqindilarni keskin kamaytiradi. Energiya resurslarini tejaydi. Mamlakatning ekologik va energetik siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu, nafaqat texnik, balki milliy miqyosidagi strategik yutuq sanaladi.   

Sh.Mamaturopova, O‘zA