Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Issiqlik tizimidagi muammolar ko‘rsatib o‘tildi
19:45 / 2021-05-28

bugungi videoselektor yig‘ilishida aytilishicha, respublika bo‘yicha markazlashgan issiqlik tarmoqlariga 15 mingta turar joy ulangan (40 foiz), 2 ming kilometr issiqlik tarmog‘i (50 foiz) yaroqsiz ahvolda bo‘lib, tarmoqdagi yo‘qotishlar o‘rtacha 40 foizni tashkil etmoqda.

Shu bois, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Qurbon Tursunovga issiqliq tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish sharti bilan olti oy sinov muddati berildi.

Qurbon Tursunovga Toshkent, Farg‘ona, Namagan, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimlari bilan birga, yil yakuniga qadar 56 ta qozonxona qurish va rekonstruksiya qilish, 205 kilometr tarmoqlarni ta’mirlash orqali 85 mingta xonadonli 2 mingdan ziyod uylarni markaziy issiqlik tarmog‘iga ulash topshirildi.

Jumladan, Toshkent viloyatida – 1,1 mingta, Farg‘onada – 131 ta, Namanganda – 350 ta, Buxoroda – 202 ta, Samarqandda – 93 ta ko‘p qavatli uy-joylarda markazlashgan issiqlik tizimini tiklash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qozonxonalarni modernizatsiya qilish hisobiga energosamaradorlik 57 foizdan 92 foizga ortib, tarmoqdagi yo‘qotishlar 35 foizdan 3,5 foizga tushadi.

Umuman, joriy yilning o‘zida 183 ta massivda qurilayotgan 40 mingta xonadonni markazlashgan isitish tizimiga o‘tkazish kerakligi aytib o‘tildi.

Prezident yangi ko‘p qavatli uylarni yaxlit massiv shaklida qurishdan maqsad energiya resurslarni, infratuzilma xarajatlarini iqtisod qilish ekanini ta’kidladi.

Lekin bu bo‘yicha Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida ham, hududlarda ham haligacha yagona yondashuv yo‘qligi qayd etildi.

Shuning uchun, O.Ramatov, J.Qo‘chqorov, Sh.Hidoyatov, T.Ishmetovga bir oy muddatda turar joylarning markazlashgan issiqlik ta’minotini tiklash, ularni zamonaviy tizimlarga o‘tkazish, bunga xususiy sektorni keng jalb qilish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi qo‘yildi.

Birgina misol, Toshkent shahri issiqlik ta’minotini “yopiq tizim”ga o‘tkazish yiliga 3 million gigakaloriya issiqlik yo‘qotishni (420 milliard so‘m), 320 million kubmetr (210 milliard so‘m) tabiiy gaz hamda 85 million kilovatt (40 milliard so‘m) elektr sarfini qisqartirish imkonini beradi.

Videoselektorda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Qurbon Tursunov, Namangan viloyati hokimi Sh.Abdurazzoqov, Toshkent viloyati hokimi D.Hidoyatovga 1 noyabrga qadar Namangan va Chirchiq shaharlarida markazlashgan issiqlik ta’minotining “namunaviy tajribasi”ni yaratish bo‘yicha topshiriq berildi.

Namangan shahar hokimi shahar hududida issiqlik tarmog‘ini yaxshilash bo‘yicha rejalarini tushuntirdi.