Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Issiqlik ta’minotidagi kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda (+video)
15:21 / 2026-01-28

Aholini barqaror va sifatli issiqlik ta’minoti bilan ta’minlash masalasi doimo e’tibor markazida bo‘lib kelgan. Shu maqsadda Navoiy viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan hududlarda tizimli nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganishlar davomida inspeksiya xodimlari “Issiqlik ta’minoti” davlat unitar korxonasining Navoiy filiali mutaxassislari bilan hamkorlikda Navoiy shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylarning issiqlik ta’minoti tizimlari holatini ko‘zdan kechirdi. O‘rganish jarayonida tizimlarning texnik holati, ulardan foydalanish tartibi hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.

– Ushbu nazorat reyd tadbirlari davomida Mahmud Tarobiy ko‘chasida joylashgan uylarning yer to‘la qismidagi issiqlik tizimi ko‘zdan kechirilganda bir qator kamchiliklar aniqlandi, – deydi inspeksiya sho‘’ba boshlig‘i Sirojiddin Allayev. – Jumladan, mulkdorlar tomonidan issiqlik tizimiga noqonuniy ulanishlar holati aniqlandi. Ushbu aniqlangan holatlar yuzasidan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlariga nisbatan bajarilishi shart bo‘lgan majburiy ko‘rsatmalar berilgan holda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga asosan ta’sirchan jazo choralari ham qo‘llanildi. Shuningdek, o‘rganishlar davomida ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan bildirilgan og‘zaki murojaatlar ham ko‘rib chiqilib, nazoratga olindi.

Qayd etish joizki, hududiy inspeksiya tomonidan kommunal sohada qonuniylikni ta’minlash, issiqlik ta’minoti tizimlarining barqaror ishlashini nazorat qilish hamda fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va tezkor munosabat bildirishga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/aE3lohwnNpQ?si=kUph_AsLhbVI4U-d" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri