Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Issiqlik ta’minotida muammosi bo‘lgan maktablar uchun onlayn ta’limga ruxsat berildi (+video)
19:13 / 2023-01-23

Bugun, 23 yanvar sanasidan boshlab, issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan maktablar uchun onlayn ta’limga ruxsat berildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 23 yanvardan O‘zbekistonning barcha hududlaridagi maktablarda III-chorak darslari boshlanganini ma’lum qildi.  

Issiqlik ta’minotida muammosi bo‘lgan maktablarda esa holat yaxshilanguniga qadar o‘qish vaqtincha masofadan olib boriladi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QPyAAY7Oudg" title="Issiqlik ta’minotida muammosi bo‘lgan maktablar uchun onlayn ta’limga ruxsat berildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Toshkent shahrida esa quyidagi 57 ta maktabda darslarning onlayn shaklda boshlanishi ma’lum qilindi.  

Xususan, Bektemir tumani, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor, Sergeli, Uchtepa, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod, Yangihayot hamda Yashnobod tumanlarida.  

Hududlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda 10 104 ta maktabdan 9 387 tasida o‘quv jarayonlari an’anaviy shaklda, 717 tasida darslar onlayn shaklda boshlangan.

O‘zA