Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Issiqlik ta’minoti va dispetcherlik markazi faoliyatlari o‘rganildi
16:53 / 2025-12-10

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori Sh.Aminov tomonidan Nukus shahridagi markaziy issiqlik ta’minoti hamda dispetcherlik markazining qish mavsumiga shayligi o‘rganildi.

Jumladan, Nukus shahridagi “Kommunal issiqlik markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining uy-joy hamda bino-inshootlarni uzluksiz issiqlik energiyasi bilan ta’minlash, ko‘p kvartirali uy-joylar, ijtimoiy soha hamda davlat muassasalarini markazlashgan issiqlik bilan qamrab olish imkoniyatlari bilan tanishildi.

Shundan so‘ng, Nukus shahar elektr ta’minoti korxonasining dispetcherlik xizmati va avariya brigadalarining mavsumga shayligi, zaxira materiallarining to‘liq jamlanganligi o‘rganildi.  

Shuningdek, favqulodda holatlar, elektr tarmoqlarida yuz beradigan avariya holatlari, uzulishlarni zudlik bilan sifatli bartaraf qilib borish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatma berildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri