«Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyati birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan soha xodimlari o‘rtasida turli tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etish yaxshi an’anaga aylangan.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni oldidan tizimdagi xotin-qizlar o‘rtasida «Boshqaruv raisi kubogi» uchun sport musobaqalari o‘tkazildi.

Ushbu sport bayrami doirasida qator tadbirlar tashkil etildi. Ular issiqlik elektr stansiyalari xotin-qizlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, o‘zaro fikr almashish, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga xizmat qildi.
– Mazkur tadbirlarda issiqlik elektr stansiyalaridan jami 120 ga yaqin xotin-qiz ishtirok etdi, – deydi «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyati birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Temurbek Bekmirzayev. – Ular sportning voleybol, basketbol, shaxmat-shashka turlarida o‘zaro kuch sinashdi. G‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Sport forumi “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi ko‘chat ekish ishlariga ulanib ketdi.

O‘zA