Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Issiqko‘l delegatsiyasi Farg‘onada
12:47 / 2025-10-13

Farg‘ona viloyatida bo‘ladigan Tinchlik forumiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ana shu yirik xalqaro anjuman arafasida ko‘plab tadbirlar bo‘lib o‘tayapti.

Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyati Jettio‘g‘iz tumani delegatsiyasi Farg‘onadagi islohotlar bilan tanishish, o‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy, madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun vodiyga keldilar. Ularga viloyatning sanoat salohiyati, qishloq xo‘jaligi, sayohat manzillari taqdimoti o‘tkazildi.

– Biz O‘zbekiston, Farg‘onada amalga oshirilgan o‘zgarishlardan hayratdamiz, – deydi Jinara Bekmurodova. – Aslida turkiy xalqlarning o‘zagi bir. Ishonchim komil, bu hamkorlik, tajriba almashuv do‘stlik daraxtiga yangi yaproqlar bo‘lib chiqadi hali.

Mehmonlar Rishton hunarmandchiligi markazi, Marg‘ilon shahri ustaxonalarida ham bo‘ldilar.
– Men Farg‘ona viloyatiga safarimizni video tasmaga tushiryapman. Bu unutilmas taassurotlarni Issiqko‘l televideniyesi orqali elimizga ulashaman, – deydi telejurnalist, delegatsiya a’zosi Janara Sagindekova.
– Biz raqobat emas, hamkorlik qilsakgina ikki xalq do‘stligi yanada mustahkamlanadi, tinchligimiz barqarorlashadi, – deydi Qirg‘iziston delegatsiyasini qutlar ekan Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshid Ahmedov.

[gallery-25711]

Issiqko‘l va Farg‘ona viloyati delegatsiya a’zolari bu kabi anjumanlar bardavom bo‘lishiga kelishib oldilar.

Muhammadjon Obidov, O‘zA