Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Issiq tarmoq” xizmati fuqarolarga qanday yordam koʻrsatyapti?
23:06 / 2020-04-27

Mamlakatimizda karantin tartibi joriy etilishi bilan ayrim fuqarolar maʼlum qiyinchiliklarga duch keldi.


Mamlakatimizda karantin tartibi joriy etilishi bilan ayrim fuqarolar maʼlum qiyinchiliklarga duch keldi. Mehnat faoliyatining vaqtincha toʻxtatilishi, oila aʼzolarining boshqa hududlarda qolishiga toʻgʻri kelishi, shoshilinch tibbiy yordam bilan bogʻliq muammolar shular jumlasidan.

Bunday vaziyatda poytaxt aholisiga yordam koʻrsatish, zarurat tugʻilganda murojaat qilishi uchun Toshkent shahar IIBB “102” qisqa aloqa raqami orqali “Issiq tarmoq” xizmati faoliyatini yoʻlga qoʻydi.

Bu haqda Toshkent shahar IIBB bergan maʼlumotiga koʻra, 16-apreldan bugungi kunga qadar aloqa tarmogʻiga 402 murojaat kelib tushgan. 79 holatda aholi IIBB xodimlaridan turli yordam soʻragan, 231 murojaat huquqiy mavzuga daxldor boʻlgan.

34 holatda fuqarolarni shaharning bir nuqtasidan boshqa manzilga yetkazib qoʻyish soʻralgan, 38 murojaat ijtimoiy-maishiy masalalarga taalluqli, 7 murojaat ichki ishlar xodimlari vakolatiga kirmasada ular boʻyicha chora koʻrildi.

Huquqiy maslahat soʻrab qilingan murojaatlardan 107 tasida karantin qoidalariga tegishli savollar yoʻllangan. 89 holatda xususiy transportda harakatlanish bilan bogʻliq savollar berilgan, 21 holatda esa avtomobilda harakatlanishga ruxsat (stiker) olish boʻyicha savol soʻralgan. 9 murojaat favqulodda vaziyatlar bilan bogʻliq boʻlgan boʻlsa, 5 murojaatda boshqa idoralarga taalluqli masala koʻtarilgan. Barcha murojaatlar IIBB xodimlari yordamida tegishli joyga yoʻnaltirilib, tezkor hal etildi.

Bugunning oʻzida IIBBga murojaat qilgan 4 fuqaroga shahar ichida harakatlanishda amaliy yordam koʻrsatildi.