Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroilning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari o‘z faoliyatini to‘xtatdi
16:08 / 2019-10-30

Isroilning barcha elchixonalari va konsulliklari mamlakat tashqi ishlar va moliya vazirliklari o‘rtasidagi mojaro tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatgan.


Isroilning barcha elchixonalari va konsulliklari mamlakat tashqi ishlar va moliya vazirliklari o‘rtasidagi mojaro tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Shu haqdagi bayonot chorshanba kuni Isroil TIV rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu qaror Isroil moliya vazirligining 2019 yil 21 iyulda kelishilgan va imzolangan kelishuvlarga zid bo‘lgan bir tomonlama qarori vajidan qabul qilingan. “Ish tashlash paytida, tashrif buyuruvchilarning Isroilning xorijiy vakolatxonalariga kirishlari to‘xtatiladi, xizmatlar ko‘rsatilmaydi“ deyilgan bayonotda. 

Isroil TIV moliya vazirligining diplomatik vakolatxonalarning ish tartibi va ularni moliyalashtirish tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarori departament va umuman mamlakat faoliyatining asosiy vositalariga zararli, deb hisoblaydi. Shu bilan birga TIV mojaro yaqin kelajakda hal qilinishiga umid bildirgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2014 yil mart oyida ham moliyaviy masalalar tufayli Isroilning barcha diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Quddusdagi elchixonalar, konsulliklar va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, shuningdek tashqi ishlar vazirligi o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatgan edi. 2018 yil avgust oyida ham ayni hodisa takrorlangan. Umuman olganda bir necha yillar davomida isroillik diplomatlar ish haqi sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha hukumat va moliya vazirligiga murojaat qilib kelishadi.