Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroilning rivojlanish tajribasi Oʻzbekistonga ham joriy etiladi
19:37 / 2019-01-11

Innovatsion rivojlanish vazirligida Isroilning “TecTum” kompaniyasi ijrochi direktori Rotem Gans va Isroil-Oʻzbek savdo palatasining Bosh direktori Sari Svi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mehmonlarni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov qabul qildi.

Innovatsion rivojlanish vazirligida Isroilning “TecTum” kompaniyasi ijrochi direktori Rotem Gans va Isroil-Oʻzbek savdo palatasining Bosh direktori Sari Svi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mehmonlarni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov qabul qildi.

“TecTum” kompaniyasi tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kichik va oʻrta biznes ehtiyojlarini, muammolarni va texnologik kamchiliklarni inobatga olgan holda munitsipal va mahalliy sheriklar bilan hamkorlik qiladi.

Kompaniya texnologik tahlil va tadqiqotlardan foydalanib, biznesning eng muhim ehtiyojlarini belgilovchi oʻsish sektorlarini yaratish uchun ekotizimning eng muhim ishtirokchilari, jumladan, mahalliy va federal hukumat vakillari, notijorat tashkilotlari bilan birgalikda oʻz faoliyatini olib boradi.

Koʻp yillar davomida kompaniya Isroil ekotizimining uch ustunini ˗ metodologiya, texnologiya, infratuzilmani aniqlash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazib kelmoqda. Endilikda ularni boshqa davlatlarga ham tatbiq etish orqali mamlakatlararo munosabatlarni yanada mustahkamlashga kirishmoqda.

˗ Isroil bilan Oʻzbekistonning oʻxshash tomonlari bisyor, ˗ dedi Rotem Gans. ˗ Deylik, har ikki mamlakatda suv tanqisligi mavjud. Isroil qisqa muddatda ilgʻor texnologiyalar orqali oʻz iqtisodini tiklab oldi, dunyodagi innovatsiyalarni turli sohalarga tatbiq qilish orqali rivojlangan mamlakatlar qatoriga qoʻshildi. Oʻylaymanki, Oʻzbekistonga ham Isroil tajribasini joriy qilish orqali turli sohalarda muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Isroillik investorlarni Oʻzbekistondagi muayyan soha vakillari bilan hamkorligi, rivojlangan mamlakatlarda ijobiy natijalar bergan texnologiyalarni transfer qilish orqali yurtingiz rivojlanishiga hissa qoʻshishga umid qilamiz.

Muzokaralar davomida respublikamiz qishloq xoʻjaligi va sanoatidagi mavjud muammolarni Isroil kompaniyalari ishtirokida hal qilish masalalari muhokama qilindi. Xususan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari unumdorligini, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida mavjud kamchiliklar, muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va yechish rejasini ishlab chiqish zaruriyati bugungi kun talabi ekanligi qayd etildi.

photo5314368683126139357.jpg