French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroilning G‘azoga hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni ortmoqda
15:51 / 2026-03-03

Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaro bo‘yicha bir qancha kelishuv va bitimlar tuzilgan bo‘lishiga qaramay, hamon odamlar qurbon bo‘lmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, G‘azoda 2025-yil 10-oktabrda sulh kuchga kirganidan beri Isroil hujumlari oqibatida 630 kishi halok bo‘lgan, 1698 kishi yaralangan, vayronalar ostidan 735 jasad topildi.

2023-yil oktabr oyidan beri Isroil armiyasining G‘azo sektoriga hujumlari oqibatida halok bo‘lganlarning umumiy soni 72 097 kishiga yetdi.

Xabarlarga ko‘ra, Isroil armiyasi sulhga qaramay, G‘azo sektoriga zarba berishda davom etmoqda.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida qayd etilishicha, so‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektoridagi shifoxonalarda 1 kishi halok bo‘lgan va 5 kishi yaralangan. Hududdagi vayronalar ostida hamon minglab qurbonlarning jasadlari qolmoqda.

G.Sattorova, O‘zA