Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroillik ko‘chmanchilar Quddusdagi Al-Aqso majmuasiga bostirib kirmoqda
12:00 / 2022-01-17

Falastin agentligi xabariga ko‘ra, o‘nlab isroillik ko‘chmanchilar bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga kirib olgan.

Quddusdagi muqaddas qadamjolarni nazorat qiluvchi Islomiy vaqfning Iordaniya bo‘limi ko‘chmanchilar Isroil politsiyasi himoyasida al-Mug‘arb darvozasi orqali hududga kirganini ma’lum qildi.

Al-Aqso masjidi musulmonlar uchun dunyodagi uchinchi muhim joy. Yahudiylar bu hududni “Ibodatxona tog‘i” deb ataydi va qadimda bu yerda ikkita yahudiy sinagoga(ibodatxona)si bo‘lganini da’vo qiladi.

Isroil 2003 yildan beri, deyarli, har kuni ko‘chmanchilarni hududga kiritib keladi.

2021 yil jami 34562 isroillik Al-Aqso masjidi hududini o‘zlariga makon qilishan, – deya xabar beradi Falastin vaqf va din ishlari vazirligi.

Isroil 1967 yilgi arab-isroil urushi paytida Al-Aqso joylashgan Sharqiy Quddusni bosib olgan. 1980 yilda esa butun shaharni anneksiya qilib oldi, ammo bu xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagan.