Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroilda yana namoyish
10:42 / 2023-07-09

Shanba kuni kechqurun Tel-Aviv sharqida sud-huquq islohotiga qarshi navbatdagi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Isroil politsiyasi markaziy ko‘chani to‘sib qo‘ygani uchun olomonga qarata suv purkagan. Bu haqda “The Times of Israel” nashri xabar berdi.

Muxolifat mamlakat bo‘ylab tashkil etgan bu galgi namoyishlar orasida eng yirigi Tel-Avivdagi hukumat majmuasi yaqinida kuzatilgani aytilmoqda.

Tashkilotchilar taxminiga ko‘ra, ko‘chalarga 180 mingga yaqin odam chiqqan. O‘nlab namoyishchilar asosiy mitingdan so‘ng shaharning yirik yo‘llari bo‘ylab yurish qilgan.

Namoyishchilar demokratiya haqida shiorlar ko‘tarib olishgan, hukumatdan sud-huquq islohotini qabul qilish rejasidan voz kechishga chaqirishgan.

Bosh vazir Binyamin Netanyaxu 2022 yil dekabrda Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibini shakllantirgan va yanvar oyida parlamentga sud-huquq tizimini o‘zgartirishga qaratilgan qonun loyihasini kiritgan.

Muxolifat fikricha, islohot Oliy sud vakolatini cheklaydi, sudlarni tanlash ustidan nazoratni ijro hokimiyatiga berishni nazarda tutadi.