English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroilda o‘tgan Jahon chempionatida hamyurtimiz bronza medaliga ega chiqdi
09:18 / 2022-08-29

Isroilning Bat-Yam shahrida sohil sambosi bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar sportchisi ishtirok etib, hamyurtlarimiz 1 ta bronza medaliga musharraf bo‘ldi.

Chempionat bahslarida 15 ta davlatning 100 nafardan ziyod sambochilari 8 ta vaznda medallar uchun kurash olib bordi.
Murosasiz bahslarda hamyurtlarimizdan samarqandlik Husan Rahimov 88 kilogramm vaznda bronza medaliga sazovor bo‘ldi. U saralash bahslarida Fransiya, Armaniston hamda Xalqaro sambo assotsiatsiyasi bayrog‘i ostida kurash olib borgan rossiyalik sambochilar bilan ro‘baro‘ keldi va haqli ravishda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Chempionatning ikkinchi kunida jamoaviy bellashuvlar o‘tkazildi. Qur’a natijasiga ko‘ra,  hamyurtlarimiz ilk bosqichda Niderlandiya sambochilaridan ustun keldi. 3-o‘rin uchun kurashda esa Armaniston vakillariga kichik hisobda imkoniyatni boy berib, sovrinli o‘rinlardan benasib qoldi.

Mazkur Jahon chempionatida O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi hakamlar hay’ati raisi Islombek Odilov bosh hakam o‘rinbosari sifatida bellashuvlarning adolatli o‘tishini ta’minlashda ishtirok etdi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA