Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroilda misli ko‘rilmagan harbiy byudjet tasdiqlandi
22:05 / 2023-11-28

Isroil hukumati 8 milliard dollarlik “misli ko‘rilmagan” mudofaa byudjetni tasdiqladi.

Davlat televideniyesi – “KAN” xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi harbiy ehtiyoj bilan bog‘liq xarajatni qoplash uchun byudjetga qo‘shimcha kiritish taklifini ma’qullagan. Darvoqe, hukumatning bir necha a’zosi yangilangan byudjetni tasdiqlashga qarshi chiqqan. Ular orasida sobiq mudofaa vaziri, mamlakatda 7 oktyabrdan keyin tuzilgan harbiy Vazirlar Mahkamasi a’zosi Benni Gans ham bor. Qolaversa, loyihaga Bosh vazir Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi Likud partiyasidan vazirlar Nir Barkat va Ofir Akunis ham qarshi ovoz bergan.

Ta’kidlash joiz, harbiy byudjet masalasi Isroil hukumatida tarqoqlik keltirib chiqardi.