French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil yana XAMAS yetakchilarini nishonga ola boshladi
13:32 / 2025-03-24

Isroil havo kuchlarining G‘azodagi kasalxonaga uyushtirgan zarbasi natijasida XAMASning yuqori martabali yetakchisi va uning yordamchisi halok bo‘ldi. Bu haqda BBS yozgan.

Guruhning moliyaviy masalalar bo‘yicha rahbari Ismoil Barhum Xon Yunisdagi asosiy tibbiyot muassasasi – Nosir kasalxonasiga hujum payti vafot etgan. Marhum to‘rt kun avvalgi havo hujumida yaralanib, shifoxonada davolanayotgan edi.

Isroil harbiylari “keng ko‘lamli razvedka ma’lumoti yig‘ish jarayonida guruhning muhim vakiliga zarba berilgani, zararni kamaytirish uchun aniq o‘q-dori qo‘llangani”ni aytgan.

XAMAS tomonidan boshqariladigan sog‘liqni saqlash idorasi ma’lum qilishicha, “ko‘pchilik, jumladan, tibbiyot xodimlari” ham yaralangan.