Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil va XAMAS o‘q otishni to‘xtatish bo‘yicha muzokara boshladi
14:01 / 2023-12-21

Isroil bilan XAMAS harakati o‘rtasida G‘azo sektorida harbiy harakatni cheklashga qaratilgan muloqot, haqiqatan, boshlangan.

Afsuski, tomonlar pozitsiyasi mutanosib emas, dedi Falastinning Venadagi elchisi Saloh Abdul Shafiy “RIA Novosti”ga.

Avvalroq “Reyter” Misr xavfsizlik tuzilmasidagi manbaga tayanib, o‘q uzmaslik qarori muhokama qilinayotgani, biroq tomonlarning ko‘p masalalar bo‘yicha qarashi turlicha ekanini ma’lum qilgan.

– Ha, asosan OAV xabarlaridan ayon bo‘layotganidek, muhokama kechayotgani bor gap, – degan diplomat. – Vositachilar – Qatar, Misr, Amerika. Muzokara boshlangan, lekin tomonlar pozitsiyalari bir-biridan juda uzoq”.