Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil va Polsha elchilari vazifalarini bajarishga qaytadi
12:11 / 2022-07-05

Isroilning Varshavadagi va Polshaning Tel-Avivdagi elchilari tez orada o‘z vazifalarini davom ettiradilar.

Bu haqdagi kelishuv Isroil va Polsha Prezidentlari Isxak Gersog va Anjey Duda o‘rtasida dushanba kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali suhbat davomida tasdiqlandi, deya xabar beradi ikki davlat ma’muriyati.

“Prezident Gersogning Isroil Davlati Bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri Yair Lapid bilan muloqoti chog‘ida bu mavzu ko‘tariladi. Prezident Duda Polsha elchisini qisqa vaqt ichida tayyorlashi kerak. Isroilning Polshadagi elchisi bir necha kun ichida ishonch yorlig‘ini topshiradi”, deyiladi xabarda.

Isroilning sobiq elchisi o‘tgan yil avgust oyida Varshavadan “muddatsiz maslahatlashuv” uchun chaqirib olingan. Voqea xolokostdan omon qolganlarga tortib olingan mol-mulkini qaytarish to‘g‘risidagi qonun loyihasi imzolagandan keyin sodir bo‘lgandi.

O‘zA