Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil va Livan o‘rtasidagi ziddiyat yana kuchaymoqda(mi)?
15:25 / 2025-11-21

Isroil armiyasi 2024 yil noyabr oyida Livan bilan erishilgan sulhni taxminan 10 ming marta buzdi, dedi BMTning Janubiy Livandagi vaqtinchalik kuchlari (UNIFIL) vakili Dani Gafri “RIA Novosti” nashriga bergan intervyusida.

Uning aytishicha, o‘tgan yil oktyabr oyida UNIFIL mutaxassislari Livan janubidagi Yarun shahrining janubi-g‘arbida Isroil armiyasi tomonidan qurilayotgan beton devorning geodezik tadqiqotini o‘tkazgan

– Inshoot “Moviy chiziq”dan tashqariga cho‘zilganini payqadik va bu haqda Isroil armiyasiga xabar beramiz, - dedi u.

Erishilgan kelishuvning bir qismi sifatida, 2024 yil 27 noyabrda Livan armiyasi mamlakat janubiga qo‘shimcha kuchlarni joylashtirdi va BMT tinchlikparvar kuchlari bilan muvofiqlashtirilgan holda Hizbulloh harbiy infratuzilmasini qidirishda davom etmoqda. 

E’tiborli jihati, Livan rasmiylari sulh bitimiga qaramay, Isroil respublika suverenitetini muntazam ravishda buzishda davom etayotganini bir necha bor ta’kidlagan. 

Livan Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil joriy yil boshidan beri Livan hududiga 4 mingdan ortiq hujum uyushtirgan. Ushbu hujumlar oqibatida qariyb 400 kishi qurbon bo‘ldi.

S.Rahimov, O‘zA