Isroil va Falastin bitimga erishdi
Isroil va Falastin Misr vositachiligida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bitimga erishdi.
Isroil va Falastin Misr vositachiligida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bitimga erishdi. Bu haqda Reuters agentligi Falastin amaldori ma’lumotiga tayanib xabar bergan, deb yozmoqda TASS.
Xabarda "O‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim dushanba kuni 04:30 dan e’tiboran kuchga kiradi», deb iqtibos keltirilgan amaldor so‘zlaridan.
4 may kuni Falastin radikal kuchlari G‘azo sektorida Isroilga 600dan oshiq raketa uchirgan, ulardan 150 tasi «Temir gumbaz» nomli maxsus tizim orqali to‘xtatib qolingan. Bunga javoban Isroil harbiy kuchlari 300 ga yaqin raketa yo‘llagan. Otishmalar natijasida 4 nafar isroillik vafot etgan, bir qanchasi yaralangan.
"Al Hadath" telekanalining ma’lumotiga ko‘ra, ikki kun ichida 14 nafar falastinlik qurbon bo‘lgan o‘ndan ziyodi jabrlangan.