English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil tunda Eronning muhim shaxslarini yo‘q qildi
17:24 / 2025-06-16

16 iyunga o‘tar kechasi Isroil va Eron o‘zaro raketa zarbalari yo‘lladi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu harbiylar Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi razvedka boshlig‘i Muhammad Kazemi va uning o‘rinbosari Hasan Moxakikni yo‘q qilganini aytmoqda.

Eron hukumati generallarning o‘limini rasman tasdiqladi. Xabarlarda ta’kidlanishicha, Isroil Eronning markaziy qismidagi raketa qurilmalariga zarbalar bergan.

Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, juma kuni Isroil hujumlari boshlanganidan beri 220 dan ortiq odam halok bo‘lgan, qurbonlarning 90 foizi tinch aholi vakillari hisoblanadi. 

Eron bergan zarbalarning asosiysi Tel-Aviv va Hayfa shaharlariga qaratildi. Harbiy bazalar shikastlangan, raketalardan biri AQSH elchixonasi yoniga qulab tushgani aytilmoqda. Hayfada esa elektr stansiyasi va neftni qayta ishlash zavodi jiddiy zarar ko‘rgan.

Tehron mojaro yana bir necha hafta davom etishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. AQSH prezidenti Donald Tramp tomonlar bahsni tezroq yakunlashi kerak, deb hisoblamoqda. Fransiya yetakchisi Emanuel Makron o‘z mamlakatining Isroilni himoya qilishdagi ishtirokini rad etib, sionist rejim tomonidan so‘rovlar olmaganini ta’kidladi.

S.Poyonov, O‘zA