Isroilning sobiq Bosh vaziri Exud Olmert hozirgi hukumat rahbari Binyamin Netanyaxuni milliy xavfsizlik sohasida yo‘l qo‘ygan xatolari tufayli hissiy jihatdan tugagan, deb hisoblamoqda.
“U hozir G‘azo sektorida yuzaga kelgan vaziyatga tushuna olmayapti”, degan Exud “Politico” nashriga bergan intervyusida.
Sobiq siyosiy yetakchi fikricha, amaldagi Bosh vazir milliy xavfsizlikni XAMAS harakati hujumidan himoya qila olmagani sababli iste’foga chiqishdan qo‘rqib, “asab buzilishi” holatiga tushib qolgan”.
– Binyaminning hissi tamom bo‘lgani aniq, – dedi Olmert. – U bir umr o‘zini xuddi “xavfsizlikni ta’minlash ustasi” sifatida ko‘rib keldi. Netanyaxu hukumat tepasida qolgan har bir kun Isroil uchun xavf tug‘diradi. Ishonchim komil, amerikaliklar uning yomon ahvolda ekanini anglab yetgan.
Olmert Isroilning G‘azo ustidan nazorat o‘rnatishi xato bo‘lganini ham ta’kidlagan:
– G‘azo xavfsizligini nazorat qilish Isroil manfaatiga to‘g‘ri kelmaydi. Biz 7 oktyabrgacha himoyalangan usulni o‘zgartirish kerak. G‘azoni qaytadan nazorat qilish, to‘g‘ri emas.