Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish mumkin va bu butun Arab-Isroil mojarosiga chek qo‘yadi. Bu fikrni Bosh vazir Binyamin Netanyaxu Tel-Avivda o‘tgan xavfsizlik anjumanida aytib o‘tdi.
“Agar biz Saudiya Arabistoni bilan tinchlik ahdlashuviga erishsak, menimcha, biz Arab-Isroil mojarosiga haqiqatan ham barham bera olamiz, Falastin muammosini hal qilar edik”, deyiladi Vazirlar Mahkamasining matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Isroil harbiy, razvedka, texnologik va iqtisodiy qudratini jalb qilgan holda umumiy manfaatlarga asoslangan tinchlik kelishuvlari uchun mustahkam zamin yaratadi.
“Shunda biz ikki narsaga erishamiz: birinchidan, tinchlik tarafdorlari doirasi kengayadi, ikkinchidan, Eronga qarshi qo‘rg‘on bo‘lib xizmat qilishi mumkin”, deb ishonch bildirdi hukumat raisi.
“O‘ylaymizki, agar Saudiya Arabistoni rahbariyati rasman bu tinchlik jarayoniga qo‘shilishni istasa, biz ancha oldinga ilgarilagan bo‘lamiz. Norasmiy ravishda Saudiya allaqachon bunga aralashgan”, deya qo‘shimcha qildi Netanyaxu.
2020 yilda Vashingtonda Isroil tomoni Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayn bilan munosabatlarni normallashtirish hujjatlarini imzolagan. Keyinchalik Sudan va Marokash bilan ahdlashuvga borishini e’lon qilgan edi.
O‘zA