Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil matbuoti: Tel-Aviv G‘azo bo‘yicha maqsadiga erisha olmadi
20:00 / 2024-01-08

Qamaldagi G‘azo sektoriga qilingan hujumlar Tel-Avivga uch oy davomida qariyb 60 milliard dollar zarar keltirdi va armiya o‘z maqsadlariga erisha olmadi, - deb yozmoqda “Anadolu” Isroilning “Yedioth Ahronot” nashriga tayanib.

Bu haqda nashrning “Eng qimmat urush yoki Isroil hali ham o‘z maqsadlariga erisha olmadi” sarlavhali maqolasida aytiladi. Nashrning qayd etishicha, Isroil armiyasi oktyabr oyida G‘azo sektorida boshlangan quruqlik amaliyotida ko‘plab taktik muvaffaqiyatlarga erishgan, biroq Xamasning harbiy imkoniyatlarini yo‘q qilish va isroillik asirlarni qutqarish kabi asosiy maqsadlarga erisha olmagan.

“Isroil armiyasi Xamasning yuqori martabali amaldorlarini yo‘q qila olmadi. Xamasning liderlari hali ham faol”, - deya qayd etiladi gazetada.

Maqolada aytilishicha, 7 oktyabrdan buyon armiya xarajatlari uchun byudjetdan ajratilgan katta miqdordagi mablag‘, mamlakat iqtisodiyoti va ta’lim sohasiga, shuningdek, qochqinlar va isroilliklarning shaxsiy xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. 

Isroil gazetasining ta’kidlashicha, Livan bilan chegaradagi yahudiy aholi punktlari mulkiga yetkazilgan zarar, taxminan 1,37-1,91 milliard dollarni, G‘azo sektori atrofidagi yahudiy aholi punktlariga yetkazilgan zarar esa 4,10-5,47 milliard dollarni tashkil etadi. 

Bundan tashqari, hukumat G‘azo sektori va Isroil shimoli bilan chegaraga yaqin hududlardan evakuatsiya qilingan 125 ming ko‘chmanchining xarajatlarini qoplagan, bu xarajatlar ham millionlarga teng, deyiladi maqolada. Mualliflar Isroilda maktab o‘quvchilari va talabalari uch oy davomida onlayn tarzda o‘qishga majbur bo‘lgani, Tel-Avivga xalqaro yordam sezilarli darajada zaiflashganiga e’tibor qaratgan.