Professional boksning super yarimo‘rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni bo‘lgan Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Isroil Madrimov 2026 yilning 24 yanvar kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi “Fontainebleau” majmuasida ringga ko‘tariladi. Unga ushbu professional boks oqshomida Dominikan Respublikasi vakili Luis Devid Salazar qarshilik ko‘rsatadi.
"Matchroom Boxing" kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladigan mazkur kechaning markaziy janggida IBF kamari sohibi Raymond Muratalla da’vogar Endi Kruzga qarshi himoya jangini o‘tkazadi.
Ma’lumot o‘rnida: Isroil Madrimov professional boksdagi faoliyati davomida 13 ta jang o‘tkazib, 10 g‘a laba, 2 mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U oxirgi jangini joriy yil fevral oyida amerikalik Verjil Ortisga qarshi o‘tkazgan edi. Uning raqibi – 32 yoshli Devid Salazar esa 20 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA