Isroil Madrimov navbatdagi g‘alabasini nishonladi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las-Vegas shahridagi “Fontainebleau” majmuasida tashkil etilgan professional boks oqshomida hamyurtimiz Isroil Madrimov o‘zining navbatdagi jangini Dominikan Respublikasi vakili Luis Devid Salazarga qarshi olib bordi.
10 raund etib belgilangan mazkur jang to‘liq davom etdi. Unda hamyurtimiz Isroil Madrimov raqibini ochkolar hisobida taslim etdi. Bu bilan professional boksdagi janglarda qozonilgan g‘alabalari soni 11 taga yetdi. Luis Devid Salazar esa faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu professional boks oqshomining markaziy jangi IBF yo‘nalishining yengil vaznidagi chempionlik jangi amerikalik Reymonda Muratali va kubalik Endi Krus o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA