Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil londonlik diplomatlarni haydadi
09:53 / 2025-04-09

Buyuk Britaniya ikki parlamentariy chiqarib yuborilishi munosabati bilan Isroilga norozilik bildirdi, deb yozdi “Irna news” nashri.

Qirollikning Yaqin Sharq ishlari bo‘yicha vaziri Hamish Falkoner Jamoatlar palatasiga bergan bayonotida ikki deputat – Yuan Yang va Abtisam Muhammad Isroilga yetib kelgan chog‘i hibsga olingani, telefonlari musodara qilingani, so‘ngra asossiz ravishda mamlakatdan chiqarib yuborilganini aytib, bu holatni nomaqbul va tashvishli, deya baholadi.

G‘azo sektorida davom etayotgan inqirozga to‘xtalarkan, Falkoner zo‘ravonlik va o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatish bo‘yicha muzokarani qayta boshlash talabini takrorlagan.

Tazyiqqa uchragan britaniyalik parlamentariylar ham sionistik rejimning hatti-harakatini nodiplomatik, xalqaro huquq tamoyiliga zid va tanqidiy ovozni bostirish ramzi sifatida qoraladi.

Musulmon Ziyo, O‘zA