Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil Jo‘lon tepaliklarini Suriyaga qaytarib berish masalasini ko‘rib chiqayotgani yo‘q
10:21 / 2021-09-10

Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Yair Lapid ma’lum qildi.

"Isrol Jo‘lon tepaliklarini Suriyaga qaytarib berish masalasini ko‘rib chiqayotgani yo‘q", - dedi Lapid Rosiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuni bo‘yicha uyushtirilgan matbuot anjumanida.

Jo‘lon tepaliklarining katta qismi Suriya bilan 1967 yilda bo‘lib o‘tgan 6 kunlik urushda Isroil tomonidan egallab olingan edi. 1981 yilda BMT Xavfsizlik kengashi Isroilning Jo‘lon tepaliklarini mamlakat hududining bir qismi deb e’lon qilish qarorini tan olmadi.  

2019 yilda AQSH Isroil Jo‘lon tepaliklarining  bosib olingan qismi ustidan o‘rnatgan  suverenitetini tan olgan yagona davlat bo‘ldi.