Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil hukumati o‘t ochishni to‘xtatmasligi bo‘yicha bayonot berdi
09:24 / 2021-05-14

Isroil hukumati falastinliklar bilan 15 maygacha o‘t ochishni to‘xtatishga erisha olmasligi bo‘yicha bayonot berdi.

“INTERFAX.RU”ning “Al-Arabiya” manbasiga asoslangan xabariga ko‘ra, Isroil hukumati vakillari Tel-Avivda isroil-falastin ziddiyatida vositachi bo‘lishni taklif qilgan Misr delegatsiyasi bilan uchrashuvda shuni ma’lum qilgan. Misr delegatsiyasi yarashuv taklifi bilan Tel-Avivga kelgan. Avvalroq, Qohira o‘z vakillaridan birini Isroilga, yana bir vakilini G‘azoga yuborishi ma’lum qilingandi.

Misr delegatsiyasining maqsadi tomonlarning munosabatida barqarorlikni tiklashdan iborat bo‘lgan. Misr o‘zining vositachilik ishiga kirishishi uchun tomonlarni o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan.