Isroil Hay’at tahrir ash-Shomni ogohlantirdi
Sionistlar rejimi Suriyadagi Hay’at tahrir ash-Shom (HTSH) yetakchilariga “Jihodchilarning mamlakat janubiga tomon siljish uchun qilgan har qanday urinishiga javob beramiz”, deya xabar yubordi. Bu haqda “IRNA news” yozgan.
Isroilning “Yediot Ahronot” gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, hukumat HTSH rahbari Abu Muhammad Al-Jo‘loniyni ogohlantirgan.
Xatda rejim o‘z xavfsizligini saqlab qolish niyatida ekanligi, Suriyada barqaror hukumat o‘rnatilsa, bufer zonani tark etish masalasi ko‘rib chiqilishi aytilgan.
Prezident Bashar Asad hukumati qulagach, Isroil kuchlari uch hafta ichida Golan tepaligining bir qismi ustidan nazoratni kuchaytirdi. Aslida Isroil qo‘shini bu hududga kirishi 1974 yil imzolangan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni buzishdir.
Musulmon Ziyo, O‘zA