Isroil harbiy havo kuchlari noma’lum uchar apparatni urib tushirdi
Isroil mudofaa armiyasi vertolyoti va qiruvchi samolyotlari katta ehtimol bilan Suriya tomondan mamlakat hududiga kirib kelgan noma’lum parvoz apparatini urib tushirdi, deb xabar tarqatdi mamlakat armiyasi matbuot xizmati.
“Uchuvchi apparat ochiq joyda urib tushirildi va hech qanday xavf tug‘dirgani yo‘q”, - deyiladi Isroil armiyasinig Telegram kanali orqali tarqatilgan xabarida.
Isroil mudofaa armiyasidan aniqlik kiritilishicha, protokol bo‘yicha sirena ishlamagan va uchuvchi apparat bilan bog‘liq voqea hozirda o‘rganilmoqda.