Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Isroil G‘o‘lon tepaliklarini o‘zida saqlab qolishga harakat qiladi”
12:04 / 2021-10-12

Xalqaro hamjamiyatning Damashq bo‘yicha fikri o‘zgargan taqdirda ham Isroil 1967 yilda Suriya hududidan bosib olingan G‘o‘lon tepaliklarini o‘zida saqlab qolishga harakat qiladi, dedi Isroil bosh vaziri Nafteli Bennet.

“REGNUM” xabarida eslatilishicha, 2019 yilda AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp G‘o‘lonni Isroilniki deb tan olgandi.

Naftali Bennet AQSH hukumati mazkur masalaga yondashuvni qayta ko‘rib chiqishi ehtimolidan kelib chiqib fikr bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH davlat kotibi Entoni Blinken “CNN”ga bergan intervyusida AQSHning G‘o‘lon tepaliklariga nisbatan munosabati qayta ko‘rib chiqilishini istisno tutmagandi.