Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil G‘azoni to‘liq qo‘lga olish rejasini tasdiqladi
10:56 / 2025-08-08

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi xabariga ko‘ra, mamlakat Xavfsizlik mahkamasi G‘azo shahrini to‘liq nazoratga olish bo‘yicha reja tuzdi. Netanyaxu shunday niyatini avvalroq bildirgan. Yangi reja mintaqaning eng yirik hududi — G‘azo shahriga qaratilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti harbiy amaliyot kengayishi falastinlik oddiy aholi va garovdagilar uchun "falokatli oqibat" keltirishi mumkinligidan ogohlantirdi. Ushbu qaror Isroil ichida ham bahs-munozaraga sabab bo‘ldi. Masalan, asirdagilarning oila a’zolari operatsiyaga qarshi chiqmoqda. Xalqaro maydonda esa bu qadam mamlakat yanada ixotalanishga olib kelishi mumkinligi aytilmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA