Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil fond bozori rekord darajada o‘sdi
17:40 / 2025-10-09

Tel-Aviv fond birjasidagi asosiy indeks savdo boshlanishi bilan yangi rekord darajaga yetdi. Bu holat G‘azo sektoridagi jangovar harakatni tugatish va barcha garovdagilarni ozod etish bo‘yicha Isroil hamda HAMAS o‘rtasidagi kelishuv haqidagi yangiliklar asnosida yuz berdi.

Tel-Aviv birjasi ma’lumotiga ko‘ra, asosiy TA-125 indeksi 2,1 foiz o‘sib, joriy yil 38-marta rekord qayd etdi. Indeks yil boshidan buyon qariyb 35 foiz oshgan.

Birjaning tadqiqot bo‘limi rahbari Sarit Berman ta’kidlashicha, “o‘sish investorlar o‘rtasida kuchaygan ishonch va iqtisodiy barqarorlik bilan bog‘liq”.

Mamlakat milliy valyutasi ham mustahkamlanyapti – shekel AQSH dollariga nisbatan 0,8 foiz qimmatlashib, 1 dollar uchun 3,254 nisbatni tashkil etdi. Bu 2022 yil avgustdan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich.

“Mizrahi Tefahot Bank” bosh iqtisodchisi Ronen Menaxem “bozor kayfiyati ijobiy tomonga o‘zgarishi”va tinchlik kelishuviga erishilishi uzoq muddatli iqtisodiy imkoniyat yaratishini aytdi. Bu Avraam kelishuvini kengaytirish va Isroil iqtisodiyotini xalqaro miqyosda rivojlantirishga xizmat qiladi.

Uning fikricha, iqtisodiy xavf darajasi pasayishi xorijiy sarmoyadorlar uchun muhim omil. Xavfsiz vaziyat barqarorlashishi Isroil Markaziy bankiga foiz stavkasini kutilganidan ertaroq pasaytirish imkonini beradi.

D.Hakimov, O‘zA