Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil falastinliklarni ko‘chirishga tayyorlanmoqda
11:27 / 2025-02-07

AQSH prezidenti Donald Trampning G‘azo hududini egallab olish va 2,1 million falastinliklarni boshqa joylarga ko‘chirish taklifiga muvofiq Isroil mudofaa vaziri o‘z harbiylariga “G‘azodan chiqib ketishni istagan har qanday fuqaroga ruxsat berish” rejasini tayyorlashni buyurdi. Bu haqda “BBS” yozib chiqdi.

Isroil Katsning aytishicha, g‘azoliklar “harakat va migratsiya erkinligiga” ega bo‘lishi kerak va Isroil – XAMAS ziddiyatini tanqid qilgan davlatlar ularni qabul qilishga “majbur”.

G‘azoning Isroil vositachiligida AQSHga o‘tkazilishini aytgan Trampning taklifi Falastin va arab mamlakatlari tomonidan qat’iy rad etilmoqda.

Falastin rahbariyati matbuot kotibi Nabil Abu Rudeyne “Yeri, tarixi va muqaddas qadamjolari bo‘lgan Falastin sotilmaydi” deya ta’kidlab, falastinliklar G‘azoda yoki G‘arbiy Sohilda bo‘lsin, “bir qarich yerdan voz kechmasligi”ni aytdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, 2023 yil 7 oktyabrda boshlangan nizo tufayli G‘azoda 47 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi va 111 mingdan ortiq kishi jarohatlandi.

Musulmon Ziyo, O‘zA