Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil – Falastin: halokatli urush to‘xtamaydimi?
14:48 / 2025-02-04

G‘arbiy Sohil shimolidagi Jenin shahrida Isroil armiyasi ikki haftadan beri keng ko‘lamli harbiy hujumni davom ettirmoqda. Zo‘ravonlik avj olishi falastinlik jangchilarning keskin noroziligiga sabab bo‘lmoqda, deb yozgan “Irna news”.

Kecha Jenin va qochqinlar qo‘nalg‘asi o‘q yomg‘iri ostida qolayotganiga 14 kun bo‘ldi. Natijada hozirgacha 26 falastinlik halok bo‘ldi.

Sionistik kuchlar turli tumanlarga reydlar uyushtirib, ko‘plab aholini ko‘chib ketishga majbur qilmoqda.

Falastinning WAFA axborot agentligiga ko‘ra, so‘nggi sakkiz kun ichida G‘arbiy Sohilning boshqa bir shahri – Tulkarmga ham zarba berilib, uylar vayron qilingan. Bu hududda kuchli harbiy holat saqlanib turibdi.

Yakshanba kuni ma’muriyat rahbari Mahmud Abbos BMT Xavfsizlik kengashini hujumlarni to‘xtatishga yordam berish uchun favqulodda yig‘ilish o‘tkazishga chaqirgan.