Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil Eronning yadroviy inshootlariga zarba bermaydi
14:52 / 2024-10-15

Isroil Eronga javob zarbasi berishda yadroviy yoki neft ob’ektlarini emas, balki harbiy bazalarni nishonga oladi. Bu haqda Bosh vazir Binyamin Netanyaxu AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali gaplashganda ma’lum qilgan.

Bu qarorni Vashington “yengil” qabul qildi, deb yozdi “The Washington Post”. Nashr qayd etishicha, tahlilchilar Eron neft ob’ektlariga hujum dunyoda energiya narxi ko‘tarilishi, yadroviy inshootlarga zarba esa yanada keskinlik keltirib chiqarishi va Qo‘shma Shtatlarni mojaroga tortishi mumkinligidan xavfsiragan. Yodingizda bo‘lsa, Bayden avvalroq Isroilni “boshqa variantlar haqida o‘ylashga” chaqirgan edi.

Vashingtondagi manba aytishicha, Eronga javob zarbasi AQSHdagi  prezidentlik saylovi oldidan amalga oshirilishi mumkin. Agar Isroil o‘z hududi o‘qqa tutilishiga javob bermasa, Tehron buni zaiflik belgisi sifatida talqin qilishi mumkin. Bundan tashqari Qo‘shma Shtatlar bilan maslahatlashuv natijasida Isroil “yaqin haftalarda” Livandagi faoliyatini to‘xtatishini e’lon qilgan.

Ayni payt prezidentlikka nomzod Donald Tramp saylov oldi mitingida Isroil Eronning yadroviy manzillariga hujum qilishi kerak, deb hisoblaydi. Ikkinchi tomondan Isroilning sobiq Bosh vaziri Naftali Bennet ijtimoiy tarmoqqa shunday xabar qo‘ydi:

– Isroil Eronning yadroviy dasturini yo‘q qilish uchun noyob imkoniyatni qo‘ldan boy bermasligi kerak. Agar bu ish hozir qilinmasa, menimcha, keyin hech qachon sodir bo‘lmaydi.

Bunday  takliflar ko‘p bildirilyapti. Faqat bunday murakkab va jiddiy ishga qo‘l urush uchun Isroil ittifoqchisi AQSH bilan maslahatlashadi.

Kenja Bekjonov, O‘zA